• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Самаркандский
Государственный
Медицинский Институт

Интерактивные услуги

С днем рождения!


Фозилова Дилшода УлугбековнаИргашев Шохрух ХасановичЖамолов Марат Жамолович

20 ИюняРустамов Муродулла Исомиддинович
Шаматов Ислом Якубович
Ачилова Матлюба Мирхамзаевна
23 ИюняМамадиярова Дилфуза Умирзоковна
24 ИюняГарифулина Лиля Маратовна
25 ИюняИсраилова Сохиба Бурибаевна
26 ИюняИсмаилов Азиз Хасанович
27 ИюняТухтаев Жамшед Кодирқул ўғли
Саинаев Фаррух Караматович
Каршибаева Улжан Давировна
28 ИюняСанакулов Абдулатиф Бурхонович
29 ИюняМахмудова Азиза Нугмановна
30 ИюняИндиаминов Саид
Мадашева Анажон Газхановна
Насретдинова Махзуна Тахсиновна

Год поддержки активного предпринимательства, инновационных идей и технологий



 
Ushbu interaktiv xizmat orqali siz qabul jarayoni haqida ma'lumot olasiz.
Hujjatlar to'plami

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
  • o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;
  • 3,5x4,5 sm o'lchamdagi 6 dona fotosurat;
  • papka (скоросшиватель) 2 dona, konvert 2 dona

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Maxsus sirtqi bo‘limga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yonalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda sohada kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.
Maxsus sirtqi bo‘limlarga o'qishga kiruvchilardan qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlar ham talab qilinadi:

  • ish joyidan tavsiyanoma xat;
  • mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma.

Abiturient hujjatlarining to‘liqligi tekshirilgandan so‘ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abiturientlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abiturientning hujjatlari qabul qilinmaydi.

Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.