• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat Meditsina
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!




Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили




30 iyun – Yoshlar Kuni

Qo'shilgan sana: 01.07.2018

30 iyunь kuni erta tongdan viloyatning barcha tuman va shaharlaridagi istirohat bog‘lari, xiyobonlarda yoshlar sayillari o‘tkazildi.

Samarqand shahrini Mustaqillik ko‘chasida “Yoshlar – kelajagimiz!” shiori ostida uyushtirilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda iste’dodli yoshlarning rang-tasvir asarlari, milliy hunarmandlik buyumlari namoyish etildi. Turli tanlov va sport musobaqalari, mushoiralar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan bayram tadbirlarida Samarqand Davlat tibbiyot institutini vakillari ham faol ishtiroq etdilar. Institutimiz tomonidan shakllantirilgan maxsus ekspozitsiya va studentlarimizni badiiy chiqishlariga bayram tadbirini ko‘plab ishtiroqchilari tashrif buyurdi.

 Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi viloyat kengashi a’zolari va faol yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv viloyatning barcha tuman va shaharlari bilan videoselektor tarzida tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning yurtimiz yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Uchrashuv davomida yoshlarni o‘ylantirayotgan muammolar eshitilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi. Yigit-qizlarning bir qator taklif va tashabbuslari ham qo‘llab-quvvatlanib, ularni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

 

Samarqand shahridagi “Mo‘’jiza” amfiteatrida viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari qatorida institutimiz bitiruvchilariga ham tantanali ravishda diplomlar topshirildi. “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Mo‘’jiza” amfiteatrida poytaxtdan tashrif buyurgan hamda viloyatning taniqli san’atkorlari tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi. 

 

30 iyun kuni Samarqandda birinchi marotaba «30 iyun – Yoshlar Kuni» bayrami o‘tkazildi

 

O‘tkazilgan bayram tadbirlarida Samarqand Davlat tibbiyot institutini vakillari ham faol ishtiroq etdilar. Institutimiz tomonidan shakllantirilgan maxsus ekspozitsiya va studentlarimizni badiiy chiqishlariga bayram tadbirini ko‘plab ishtiroqchilari tashrif buyurdi

Bayram tadbirlarida viloyat xokimini o‘rinbosari R. Qobilov va Samarqand shahri xokimi F. Raximov ishtiroq etdilar

 

 

A.Navoiy nomidagi Markaziy istirohat bog‘ida iste’dodli yoshlarning rang-tasvir asarlari, milliy hunarmandlik buyumlari namoyish etildi

 

 

Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi viloyat kengashi a’zolari va faol yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazilib uning davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning yurtimiz yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi, yoshlarni o‘ylantirayotgan muammolarni eshitilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi, yigit-qizlarning bir qator taklif va tashabbuslari ham qo‘llab-quvvatlanib, ularni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Bayram tadbirlari Samarqand shahridagi “Mo‘’jiza” amfiteatrida davom etilib viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari qatorida institutimiz bitiruvchilariga ham tantanali ravishda diplomlar topshirildi

 

 

 

SamDTI Matbuot xizmati