• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat tibbiyot
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!



23 IyulДадажанов Ўткур
Мавлянов Фарход Шавкатович
25 IyulСайдуллаев Зайниддин Яхшибоевич
Таиров Достон Рустамович
Ярмухамедова Наргиза Анваровна
Шайматова Азизахон Рустамбековна
26 IyulРасулов Алишер
28 IyulДавронова Гулрух Бахтиёровна
Юлдашев Раббана
Сабирова Дилноза Шухратовна
30 IyulХаитов Парвиз Мирзаевич
31 IyulАминова Нафиса Шокировна

Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили




2018 yil 6-mart kuni SamMI Ilmiy Kengashi bo’lib o’tdi

Qo'shilgan sana: 06.03.2018

2018 yil 6 mart kuni Kichik majlislar zalida SamDTI navbatdagi Ilmiy Kengashi bo’lib o’tdi.

Kun tartibi:

1. Institut rektorini «8-Mart Xalqaro xotin-qizlar Kuni bilan tabrigi.

2. SamDTI professor-o’qituvchilari tomonidan 2017 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentini sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish va axoli salomatligini yanada mustahkamlash bo’yicha Qarorlarini ijrosi va institut xodimlarini klinik kafedralarni davolash-diagnostika ishlaridagi ishtiroki.

Ma’ruzachi: davolash ishlari bo’yicha prorektori dotsent N.A. Abdullayev.

3. Institut kafedralarining 2017 yilida ilmiy faoliyati.

Ma’ruzachi: ilmiy ishlar prorektori dotsent Sh.A.Yusupov.

4. Institut professor-o’qituvchilar yarimyillik attestasiyasini yakunlari.

Ma’ruzachi: davolash fakultetini dekani professor S.I.Indiaminov.

5. Xar xil masalalar. Tanlov.

 

Ilmiy Kengash ishini ochilishida institut rektori Azamat Muxitdinovich Shamsiyev barcha xotin-qizlarni Bahor bayrami “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami” bilan illiy tabrikladi va institutni bir guruh xodimlariga pul mukofotlarini topshirdi.

Kun tartibining ikkinchi masalasi yuzasidan institutning davolash ishlari prorektori, SamDTI klinikasining bosh shifokori dotsent N.A. Abdullayev ma’ruza qildi. Ma’ruzada mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar va shu jumladan sog’liqni saqlash tizimidagi isloxotlarga to’xtalib o’tildi.  Ma’ruzada ta’kidlanganidek institut xodimlari tomonidan Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari aholisining salomatligini mustahkamlashda katta ishlar amalga oshirilgan. Shuningdek institut klinik kafedralarining xodimlari davolash-diagnostika ishlarida faol ishtiroq etib shifoxonalar bo’limlarida davolanayotgan og’ir bemorlarga konsultasiyalar va davolash ishlarini olib bormoqdalar.

Ilmiy ishlar prorektori dos. Sh.A. Yusupovni ma’ruzasida ta’kidlandiki, institutda 2017 yilda 4 doktorlik dissertasiya yoqlangan, 12 - falsafa doktori darajasini olish uchun va 10 – fan doktori darajasini olish uchun dissertasiyalar tayyorlangan. Institutda ixtiroga 20 patent olingan, 3 ilmiy loyixa grantlari bo’yicha ish olib borilmoqda, 13 darslik, monografiyalar va ilmiy ishlar to’plamlari, xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida 550 ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.

Institut professor-o’qituvchilarini ular dars berayotgan fanlar bo’yicha yarimyillik attestasiya yakunlari bo’yicha davolash fakultetini dekani professor S.I.Indiaminov chiqish qildi. Ma’ruzada ta’kidlanganidek, attestasiya 2 bosqichda o’tkazilib o’qituvchilarning 40% “a’lo” va “juda yaxshi”ga attestasiya qilingan, boshqalar esa qaytadan test nazoratlarini topshirishga tayyorlamoqdalar.

Ilmiy Kengashda bo’lib o’tgan tanlov natijasiga ko’ra umumiy xirurgiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri lavozimiga t.f.n. U.A.Sherbekov, 2-sonli xirurgik kasalliklar va urologiya kafedrasi mudiri lavozimiga t.f.n. I.B.Mustafakulov saylandi.

Institut rektori tanlov natijasida saylanganlarni illiq tabriklar keyingi ijodiy yutuqlarni tilab qoldi.

Shu bilan Ilmiy Kengash o’z ishini yakunladi. 

Ilmiy Kengash ishini ochilishida institut rektori Azamat Muxitdinovich Shamsiyev barcha xotin-qizlarni Bahor bayrami “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami” bilan illiy tabrikladi ...

... va institutni bir guruh xodimlariga pul mukofotlarini topshirdi.

Institut xodimlari – xotin-qizlarni “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar Kuni” bayrami munosabati bilan mukofotlash xaqidagi rektor buyrug’ini institut kasaba uyushmasining raisi Ya.N.Allayarov e’lon qildi.

Kun tartibining ikkinchi masalasi yuzasidan davolash ishlari prorektori, SamDTI 1-son klinikasini bosh shifokori dotsent N.A. Abdullayev chiqish qildi

Ma’ruzada mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar va shu jumladan sog’liqni saqlash tizimidagi isloxotlarga to’xtalib o’tildi.

Institut kafedralarining 2017 yilida ilmiy faoliyati to’g’risida ilmiy ishlar prorektori dotsent Sh.A.Yusupov ma’ruza qildi.

Institut professor-o’qituvchilarini ular dars berayotgan fanlar bo’yicha yarim yillik attestasiya yakunlari bo’yicha davolash fakultetini dekani professor S.I.Indiaminov chiqish qildi.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, attestasiya 2 bosqichda o’tkazilib o’qituvchilarning 40% “a’lo” va “juda yaxshi”ga attestasiya qilingan.

Ilmiy Kengashda bo’lib o’tgan tanlov natijasiga ko’ra umumiy xirurgiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri lavozimiga t.f.n. U.A.Sherbekov ...

... 2-sonli xirurgik kasalliklar va urologiya kafedrasi mudiri lavozimiga t.f.n. I.B.Mustafakulov saylandi.

Bo’lib o’tgan tanlov natijalarini sanoq komissiya raisi dotsent S.I.Narzullayev o’qib eshittirmoqda

 

SamDTI Axborot xizmati