• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat Meditsina
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!


Холбеков Баходир Кучкорович


20 FevralВафоева Ирода Мирсамадовна
Нарбаев Абдухамид
Ахмеджанов Исмоил
Муминова Шахло Шокировна
21 FevralСамибаева Умида Хуршидовна
Алланазаров Алишер Боймуротович
Халиков Кахор Мирзаевич
Хасанов Шавкат Ризаевич
22 FevralРахимова Хидоят Мамарасуловна
Юсупова Наргиза Абдукодировна
Маликов Мурод Расулович
23 FevralЯрмухаммедова Махбуба Қудратовна
Гаппарова Гули Нурмуминовна
Ходжаева Светлана Атахановна
25 FevralБаратова Раъно Шомуратовна
26 FevralАралов Нематилло
Юсупов Мирзо Муродович
27 FevralСуюнова Камилла Бахромовна
Исматова Маргуба Шавкатовна
28 FevralЮлдашев Соатбой Жиянбоевич

Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili




Professor O‘ktam Karimovna Vaxobova xotirasiga (90-yoshligiga)

Qo'shilgan sana: 25.10.2018

     

2018 yil 25 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasida Xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor O‘ktam Karimovna Vaxobova 90 yoshni qarshilagan bo‘lar edi. Ajoyib shifokor, yorkin olim va sog‘liqni saqlash tashkilotchisi, xaqiqiy vatanparvar inson, yon atrofdagilarga e’tiborli va xayroxoh  -  biz uni aynan shunday eslaymiz.

O‘ktam Karimovnaa 1928 yil 28 oktyabrda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida dunyoga kelgan. 1950 yili a’lo baholar bilan Samarqand Davlat tibbiyot institutini bitirgandan so‘ng klinik ordinatura va aspiranturani gospital terapiya kafedrasida o‘tgan va shu erda shifokor-terapevt sifatida shakllangan. 1957 y. nomzodlik dissertatsiyani muvaffaqiyatli yoqlagandan so‘ng 1959 y. ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasining dotsenti lavozimiga saylangan, 1961-1965 yy. ushbu kafedrani boshqargan. Keyingi yillarda O‘ktam Karimovna O‘zbekiston qishloq xududlari aholisi orasida arterial gipertoniya va yurak ishemik kasalligining tarqalishi, tashxisi, davolash va profilaktikasi doirasida ilmiy izlanishlar olib borib 1972 yilda doktorlik dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1973 y. olimaga professor ilmiy unvoni berilgan. Bevosita professor O‘.K. Vaxobovaning tashabbusi bilan SamDTIda pediatriya fakultetining terapiya kafedrasi tashkil etilib, 1973 yildan 2005 yilgacha kafedra mudiri, 2006 yildan to umrining oxirigacha kafedra professori lavozimida olima fidokorona mehnat qildi.

O‘ktam Karimovna Vaxobovaning tashkilotchilik iste’dodi, g‘ayrati va shijoati, kasbiy tajribasi uning o‘quv ishlar prorektori (1961-1966 yy.) va Samarqand Davlat tibbiyot instituti rektori (1966-1981 yy.) lavozimlarida ishlash jarayonida yorqin namoyon bo‘ldi. Ulkan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan birga O‘ktam Karimovna davlatning ijtimoiy hayotida ham faol ishtiroq etgan, xususan 1958-1966 yy. u ikki marta sobiq Butunittifoq Oliy Kengashi deputatligiga saylangan edi.

O‘ktam Karimovnaning ilmiy, pedagogik va tashkilotchilik faoliyati xukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan, olima «Mehnat shuhrati» va «El-yurt hurmati» ordenlari, «O‘zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» faxriy unvoni sohibasi. Professor O‘.K. Vaxobova bevosita rahbarligida 10 nomzodlik va 2 doktorlik dissertatsiya himoya qilingan, olima 240 ortiq ilmiy ishlar 2 monografiyani muallifi. Uning ko‘plab shogirdlari MDH davlatlari va uzoq chet el mamlakatlarida mehnat qilmoqda.

Professor U.K. Vaxobova oliy malakali pedagog, ajoyib notiq edilar, ma’ruzalari doimo o‘zining ilmiy darajasi bilan ajralib turardi.

O‘ktam Karimovna Vaxobova atrofdagilarning muhabbati va hurmatiga sazovor bo‘lgan, chiroyli va nafosatli ayol, mehribon va samimiy inson, izidan borgan farzandlarning ajoyib onasi. Olima o‘zining butun hayotini Samarqand Davlat tibbiyot institutiga xizmat qilishga bag‘ishlab jamoani samimiy hurmatini qozongan edi.

Yuqori darajadagi kasbiy mahorat, ilmiy dunyoqarash kengligi, bag‘rikenglik, adolatparvarlik, mehribonlik, bemorlar haqida qayg‘urish O‘.K. Vaxobovaga xodimlar, studentlar, tibbiy jamoatchilik, ko‘plab patsientlar orasida obro‘ va hurmatga sazovor bo‘lishga asos bo‘ldi.

 

Rektor A.Shamsiev

 

25.10.2018