• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat tibbiyot
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!



24 AprelРустамова Шахло Абдухакимовна
Арзиева Гульнора Бориевна
Игамова Иноят Сулаймоновна
25 AprelАбдурасулов Фозилжон Пардаевич
26 AprelРахмонов Зафаржон Мамадиевич
Акрамов Баходир Рахмонович
27 AprelГафаров Рушен Рефатович
Ибрагимов Даврон Дастамович
Зайниев Сухроб Сабирович
28 AprelФазилова Махшура Олимжоновна
Юсупова Нозима Носировна
29 AprelБайсариев Шовкат Усмонович
30 AprelКаримова Зулфия Шухратовна

Стол пюпитерли ДСП ясалган ва утиргичи 4-уринли юмшок кожали материалдан ясалган оёклари темирли ва 100 тупламдан иборат

Harakatlar strategiyasi

Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили




O’zbekiston Respublikasini Birinchi Prezidenti Islom Karimov 80-yilligini nishonlanishi

Qo'shilgan sana: 31.01.2018

Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi Islom Abdug’aniyevich Karimovning tavalludining 80-yilligi keng nishonlandi.

Samarqand Davlat tibbiyot instituti o’qituvchilarini talabalar bilan turkum ma’ruzalari, davra suhbatlari va uchrashuvlari tashkil etilib unda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ibratli hayot yo’li va boy merosi haqida, u kishining ta’lim sohasini isloh qilish va modernizasiyalash yo’lidagi sa’yi-harakatlari yoshlarning turli sohalarda mamlakatimiz va jahon miqyosida yutuqlarni qo’lga kiritishlarida muhim omil bo’lib xizmat qilganligi keng targ’ib etildi. Institut xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan 2018 yil 19-yanvar kuni institut 2-klinikasida davra suhbati tashkil etildi va unda Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori, institut bitiruvchisi Jurayeva Fariza ishtirokida fakultetlar talabalari bilan uchrashuvlar tashkil etilib kelinmoqda. Shuningdek, nomdor Davlat stipendiyasini sovrindori 2018 yil 27-28 yanvar kunlari Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom Samarqand” dasturida ishtirok etdi.

Institut axborot-resurs Markazida Islom Karimov asarlari ko’rgazmasi tashkil etildi va u kishining asarlarida ilgari surilgan konseptual g’oyalar va dasturiy fikrlarning jamiyat hayotidagi amaliy ifodasi hamda mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan o’rni to’g’risida talaba-yoshlarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 2018 yil 22-24 yanvar kunlari institut fakultetlarida talaba-yoshlari o’rtasida “Islom Karimov asarlari bilimdoni” bellashuvi va kitobxonlik kechalari hamda “Ozod va obod Vatanga bahshida umr”, “Islom Karimov asarlarining asarlari barkamol avlod tarbiyasida ahamiyati” mavzularida insholar tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.

2018 yil 25-yanvar kuni institutda o’tkazilgan «Murabbiylik va axborot soati» darslari ham Islom Abdug’aniyevich Karimovning tavalludining 80-yilligiga bag’ishlandi.

Institut professor-o’qituvchilari va talabalari 2018 yil 30-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni 80-yilligi munosabati bilan  tashkil etilgan tantanali tadbirlarda, Registon maydoni yaqinidagi Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gullar qo’yish va abadiy qo’nim topgan joy Hazrati Xizr masjidi xududida bunyod etilgan maqbara majmuasini ziyorat etishda faol ishtiroq etdilar.

Institut o’qituvchilarini talabalar bilan turkum ma’ruzalari, davra suhbatlari va uchrashuvlari tashkil etilib unda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ibratli hayot yo’li va boy merosi ...

... u kishining ta’lim sohasini isloh qilish va modernizasiyalash yo’lidagi sa’yi-harakatlari yoshlarning turli sohalarda mamlakatimiz va jahon miqyosida yutuqlarni qo’lga kiritishlarida muhim omil bo’lib xizmat qilganligi keng targ’ib etildi.

Talabalarga Birinchi Prezidentni xotirasiga bag’ishlangan “E’zoz” videofilmi namoyish etildi

2018 yil 25-yanvar kuni institutda o’tkazilgan «Murabbiylik va axborot soati» darslari ham Islom Abdug’aniyevich Karimovning tavalludining 80-yilligiga bag’ishlandi

Institut professor-o’qituvchilari va talabalari 2018 yil 30-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni 80-yilligi munosabati bilan  tashkil etilgan tantanali tadbirlarda, Registon maydoni yaqinidagi Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gullar qo’yish ..

... va abadiy qo’nim topgan joy Hazrati Xizr masjidi xududida bunyod etilgan maqbara majmuasini ziyorat etishda faol ishtiroq etdilar.

O’tkazilgan tadbirlarda Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori, institut davolash fakulteti 2017-2018 yy. bitiruvchisi Jurayeva Fariza faol ishtiroq etdi (rasmda - birinchi qator chapda)

SamDTI Axborot xizmati