• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat Meditsina
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!



17 IyunСамибаев Рустам Матлюбович
Хусанов Эркин Уктамович
18 IyunАчилова Феруза Ахтамовна
Курбанов Анвар Аъламович
19 IyunЖамолов Марат Жамолович
Фозилова Дилшода Улугбековна
Иргашев Шохрух Хасанович
20 IyunРустамов Муродулла Исомиддинович
Шаматов Ислом Якубович
Ачилова Матлюба Мирхамзаевна
23 IyunМамадиярова Дилфуза Умирзоковна
24 IyunГарифулина Лиля Маратовна
25 IyunИсраилова Сохиба Бурибаевна
26 IyunИсмаилов Азиз Хасанович
27 IyunТухтаев Жамшед Кодирқул ўғли
Саинаев Фаррух Караматович
Каршибаева Улжан Давировна
28 IyunСанакулов Абдулатиф Бурхонович
29 IyunМахмудова Азиза Нугмановна
30 IyunМадашева Анажон Газхановна

Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili




9 aprel – buyuk sarkarda va davlat arbobi Soxibqiron Amir Temur tavallud topgan kun!

Qo'shilgan sana: 09.04.2019

Shu munosabat bilan erta tongdan viloyat hokimligi, korxona, tashkilot va muassasalar, hamda keng jamoatchilik vakillari Soxibqiron Amir Temur haykali poyiga anvoyi gullar qo‘yish uchun to‘plandilar. Tadbirda buyuk sarkardaning davlatchilik borasida amalga oshirgan ishlari va u qoldirgan meros izdoshlari tomonidan yodga olindi.

Soxibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi tantanalarida Samarqand davlat tibbiyot institutining professor o‘qituvchilari, talaba va magistrlari ham ishtirok etishdi. Bunda institut jamoasi buyuk soxibqironga cheksiz hurmat ramzi sifatida uning haykaliga hurmat bajo keltirib, poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot institutida “Vatan himoyasi – muqaddas burch!” mavzusida buyuk sarkarda va davlat arbobi Soxibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur bayram tadbirida Samarqand davlat tibbiyot institutining talabalari, institutning harbiy tayyorgarlik kafedrasi o‘qituvchilari, Samarqand shahridagi 1, 6, 10 umumta’lim maktablari va Siyob tibbiyot kasb hunar kolleji o‘quvchilari, hamda, “Yangi Xayrobod” mahallasi fuqarolari ishtirok etishdi.

9 aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni, uning davlatchilik borasida olib borgan siyosati va sohibqiron tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy okrugidan tashrif buyurgan mehmonlar, Samarqand davlat tibbiyot institutining o‘qituvchilari, “Yoshlar ittifoqi”ning viloyat bo‘limi vakillarining chiqishlari talabalar va barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

 Quyida tadbirlardan olingan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz:

 

 

 

Венки с цветами от наследников славы великого Сахибкирана – представителей национальной армии

 

 

 

SamDTI Matbuot xizmati