• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat Meditsina
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!



21 AvgustНормуратов Азиз Нормуратович
22 AvgustЗакирьяева Парвина Одыловна
Рахимова Шафоат Хакимовна
Исмоилова Нодира Абдурахмоновна
23 AvgustФайзуллаева Хилола Бахроновна
26 AvgustЮлдошев Форрух Шокирович
27 AvgustГайбиев Акмалжон Ахмаджонович
Каримова Мавлюда Нематовна
28 AvgustГаниев Фахриддин Истамкулович
Исматов Фаррух Аслиддинович
29 AvgustХамраев Хамза Хамидуллаевич
Назаров Феруз Юсуфович
Мажидов Шерзод Фархадович
30 AvgustАбдуллаева Дилором Насимовна
Клеблеева Гузал Давлатовна
Муртазаева Насиба Комилжоновна

Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili




O’zR OO’MTV Bosh ilmiy-metodik Markazni vakili SamDTIda

Qo'shilgan sana: 29.01.2019

   Respublikani oliy ta’lim muassasalarida yakuniy nazoratlar (imtihonlar), studentlarni davomati va o’zlashtirishini hamda psixologik muhitni o’rganish maqsadida Samarqand Davlat tibbiyot institutida 2019 yil 28 yanvardan Respublika ishchi guruhini a’zosi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik Markazini mas’ul xodimi Majid Amonovich Innazarov, 29 yanvar kuni esa viloyatimiz bo’yicha Ishchi guruh rahbari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligini bosh mutaxassisi Faxriddin Toshtemirovich Esanboboyevni tashriflari amalga oshirildi.

Institutni bosh binosiga tashrif davomida mehmonlarga SamDTIda o’quv jarayonni tashkil etilishi va studentlar oliy tibbiy ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishga imkoniyat yaratildi. O’quv jarayonni kredit-modul tizimi asosiga tashkil etish, moodle.sammi.uz elektron ta’lim tizimi hamda axborot-resurs markazi, test va simulyasion ta’lim Markazlarini faoliyati ularni samimiy qiziqishini uyg’otdi. Ishchi guruh vakillari studentlar turar joyiga tashrifi davomida studentlarni yashashi va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadilar.

Alohida ta’kidlandikim, SamDTIda 2013 yildan joriy qilingan o’quv jarayonni kredit-modul timimi asosida tashkil etilishi, studentlarni davomati, ta’lim berilishi va o’zlashtirishini nazorat qilishi respublikada eng ilg’or hisoblanadi. Studentlarning bilimini xolisona, adolatli baholash va shaffoflik ta’minlash maqsadida, institutda 2013 yildan baholashning 5 baholik va 100 ballik tizimi joriy etilgan va bunda baxoni ballga xamda aksincha ballni bahoga konvertasiya qilish formulalari shaxsan institut rektori professor A.M.Shamsiyev tomonidan ishlab chiqilib, ilmiy-amaliy jihatdan to’liq asoslangan. Aynan shu tizim institut taklifi bilan 2018-2019 o’quv yilidan joriy etilgan Respublika oliy ta’lim muasasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash Nizomiga to’laligicha kiritilganligi buni yorqin misolidir.  

Respublika Ishchi guruhini vakillari SamDTI studentlarini davomati, o’zlashtirishi va ijtimoiy muhit bilan tanishish maqsadida qishgi sessiyani imtihonlariga qatnashdilar, studentlar va kafedra professor-o’qituvchilari bilan muloqot qildilar. Mehmonlar institutni yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda erishilgan yuqori natijalarini alohida ta’kidlab o’tdilar.

2019 yil 28 yanvardan Respublika ishchi guruhini a’zosi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik Markazini mas’ul xodimi Majid Amonovich Innazarov SamDTIga tashrif buyurdi

29 yanvar kuni esa viloyatimiz bo’yicha Ishchi guruh rahbari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligini bosh mutaxassisi Faxriddin Toshtemirovich Esanboboyevni tashrifi amalga oshirildi

 

Mehmonlarga institut bosh binosidagi elektron kutubxona 

 

 

 

… eng zamonaviy tibbiy adabiyotlar 

 

… inchtitutda chop etilayotgan ilmiy jurnallar 

 

… kutubxona o’quv zalini zamonaviy kommunikasiya-axborot texnologiyalar bilan jihozlanishi 

… simulyasion markazni mulyaj va fantomlari 

  

 

 

 

 

… SamDTI tarixi muzeyini eksponatlari bilan tanishishga imkoniyat yaratildi.

Alohida ta’kidlandikim, SamDTIda 2013 yildan joriy qilingan o’quv jarayonni kredit-modul timimi asosida tashkil etilishi, studentlarni davomati, ta’lim berilishi va o’zlashtirishini nazorat qilishi respublikada eng ilg’or hisoblanadi.

 

Studentlarning bilimini xolisona, adolatli baholash va shaffoflik ta’minlash maqsadida, institutda 2013 yildan baholashning 5 baholik va 100 ballik tizimi joriy etilgan va bunda baxoni ballga xamda aksincha ballni bahoga konvertasiya qilish formulalari rektor prof. A.M.Shamsiyev tomonidan ishlab chiqilib institut taklifi bilan 2018-2019 o’quv yilidan joriy etilgan Respublika oliy ta’lim muasasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash Nizomiga to’laligicha kiritilganligi buni yorqin misolidir.

 

Respublika Ishchi guruhi vakili M.A. Innazarov SamDTI studentlarini davomati, o’zlashtirishi va ijtimoiy muhit bilan tanishish maqsadida fiziologiya …

 

… va patfiziologiya 

 

… gistologiya …

… anesteziologiya va reanimatologiya 

 

… akusherlik va ginekologiya kafedralarida qishgi sessiya imtihonlariga qatnashdi, studentlar va kafedra professor-o’qituvchilari bilan muloqot qildi.

 

Ishchi guruh vakillari studentlar turar joyiga tashrifi davomida studentlarni yashashi va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar …

 

… moddiy-texnik ta’minot 

 

… yotoqxonadagi kutubxona faoliyatini yuqori baholadilar.

 

Mehmonlar institutni yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda erishilgan natijalarga yuqori baho berdilar 

SamDTI Matbuot xizmati