• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat Meditsina
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!


Ахророва Зарина Валеревна


25 MartЗойиров Тулкин Эльназарович
Абдурашидова Гулноза Аблакуловна
Нурбоев Хамидулло Ирисбоевич
27 MartНормурадова Насиба Сайдуллаевна
28 MartСаветов Карокул Ташанович
Азимова Хосият Салахитдиновна
Закирова Нодира Исламовна
29 MartАбдухамидова Дилшода Халимовна
Уралов Шухрат Мухтарович
30 MartНизомов Бахтиёр Уракович
Кобилова Нигина Акмаловна
Муминов Абдухалим Абдувакилович

navro'z bayrami bilan

Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili




Halqaro tadqiqot Markazni vakillari SamDTIda

Qo'shilgan sana: 18.01.2019

2019 yil 18 yanvar kuni Samarqand Davlat tibbiyot institutini kichik majlislar zalida studentlar va professor-o’qituvchilarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom al-Buxori Halqaro ilmiy-tadqiqot Markazini vakillari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Tadbirda Halqaro markaz nashriyot bo’limini boshlig’i O.Muxammadiyev, diniy-ma’rifiy tadbirlar bo’limini ilmiy xodimi Z.Yusupov, qur’onshunoslik sho’basini ilmiy xodimi A.Raximov va Markaz matbuot kotibi J.Jumayev ishtiroq etdilar.

Mehmonlar uchrashuv ishtiroqchilariga Halqaro markazda amalga oshirilgan oxirgi obodonchilik va ma’rifiy tadbirlar, Prezident Sh.M. Mirziyoyevni 2019 yilni 11 yanvardagi amalga oshirilgan tashrifi va Imom al-Buxori Halqaro ilmiy-tadqiqot Markazini faoliyati va rivojlanish istiqbollariga bergan yukori baho haqida so’zlab berdilar. Ma’ruzachilarni ta’kidlashlaricha, Imom al-Buxori to’plagan hadislarida bilim olishga intilish va bilimli bo’lish insonni eng ezgu fazilatlari ekanligi mujassam etilgan.

Uchrashuv davomida ishtiroqchilar e’tiboriga Halqaro ilmiy-tadqiqot markazi va uning qoshidagi hadis ilmiy maktabi faoliyatiga bag’ishlangan xujjatli film namoyish etildi. Uchrashuv oxirida Imom al-Buxori Halqaro markazini vakillari SamDTI kutubxonasiga nashr etilgan bir nechta kitoblar va risolalarni sovg’a qildilar.

  

SamDTI kasaba uyushmasini raisi Ya.N. Allayorov uchrashuvni ochib uning ahamiyati va dolzarbligini ta’kidladi

 

 

Uchrashuvda Halqaro Markazni nashriyot bo’limi boshlig’i O.Muxammadiyev …

 

… diniy-ma’rifiy tadbirlar bo’limini ilmiy xodimi Z.Yusupov chiqishlar qildilar. Ma’ruzachilarni ta’kidlashlaricha, Imom al-Buxori to’plagan hadislarida bilim olishga intilish va bilimli bo’lish insonni eng ezgu fazilatlari ekanligi mujassam etilgan. 

 

 Ishtiroqchilar e’tiboriga Halqaro ilmiy-tadqiqot markazi va uning qoshidagi hadis ilmiy maktabi faoliyatiga bag’ishlangan xujjatli film namoyish etildi 

SamDTI Matbuot markazi