• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat Meditsina
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!


Балаян Эмма Владимировна

Маматалиев Абдумалик Расулович



Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили




Professor D.Ye.Jupenova (Qozog’iston) akademik mobillik dasturi bo’yicha SamDTIda

Qo'shilgan sana: 09.04.2018

Hamkorlik dasturiga binoan, 2018 y. 9 aprelidan Samarqand Davlat tibbiyot institutida Karaganda Davlat tibbiyot universiteti (Qozog’iston) 1-son bolalar kasalliklari kafedrasini professori Jupenova Dana Yesimovna akademik mobillik dasturi doirasida tashrifi amalga oshirilmoqda. Uning davomida professor  D.Ye.Jupenova institutimiz pediatriya kafedralarida bir qator interfaol mashg’ulotlar va ma’ruzalar o’tkazdi.

Professor D.Ye. Jupenovaga SamDTI Bolonya jarayoni talablariga binoan kredit-modul tizimi asosida tashkillashtirilgan o’quv jarayon bilan tanishishga imkoniyat yaratildi. Mehmon institutimizda yaratilgan ta’lim resurslari, moodle.sammi.uz elektron ta’lim tizimi, test markazi va simulyasion ta’lim markazini faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi. Dana Yesimovna o’quv jarayonini eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanganligiga o’zini samimiy ijobiy munosabatini bildirdi. So’ngra, dasturga binoan professor D.Ye. Jupenova SamDTI 1-son pediatriya kafedrasida bir qator interfaol mashg’ulotlar va ma’ruzalar o’tkazdi.

Hamkorlik dasturiga binoan, 2018 y. 9 aprelidan Samarqand Davlat tibbiyot institutida Karaganda Davlat tibbiyot universiteti (Qozog’iston) 1-son bolalar kasalliklari kafedrasini professori Jupenova Dana Yesimovna akademik mobillik dasturi doirasida tashrifi amalga oshirilmoqda

Professor D.Ye.Jupenova institut kutubxonasida 195 yilda chiqqan “Bolalar kasalliklari” darsligi bilan tanishmoqda

Qozog’istonlik mehmonini moodle.sammi.uz elektron ta’lim tizimi bilan tanishuv

katta qiziqish uyg’otmoqda

SamDTI axborot-resurs Markazini kutubxonasida

Professor D.Ye. Jupenova pediatriyadan eng zamonaviy adabiyotlarni ko’rmoqda

Mehmon Samarqand Davlat tibbiyot institutida chiqadigan ilmiy-amaliy jurnallar bilan tanishmoqda

SamDTI tarixi muzeyi eksponatlari bilan tanishuv

Mehmon SamDTI simulyasion ta’lim Markazida

Mashg’ulotlar boshlanishidan professor M.R. Rustamov professor D.Ye.Jupenovani 1-son pediatriya kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalariga tanishtirmoqda

1-son pediatriya kafedrasi faoliyati bilan tanishuv

Professor Jupenova D.Ye. pediatriya fakulteti talabalariga bola yoshi kardiologiyasi bo’yicha muammoli ma’ruza o’qimoqda

Pediatriya fakulteti 6 kurs talabalariga «Bolalarda o’tkir glomerulonefritlar» mavzusida interfaol mashg’ulot

Dana Yesimovna  SamDTI 1-son pediatriya kafedrasini assistentlari va talabalari bilan

SamDTI Axborot xizmati