• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat Meditsina
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!


Умирова Сурайё Мамуржоновна



Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили




Akusherlik va ginekologiya bo’yicha studentlar Respublika olimpiadasi

Qo'shilgan sana: 17.05.2018

       2018 yil 16-17 may kunlari SamDMIda tibbiyot OO’Yu studentlari orasida «Akusherlik va ginekologiya» bo’yicha Respublika fan olimpiadasi bo’lib o’tdi. Olimpiadada Toshkent tibbiyot akademiyasi, uning Farg’ona filiali, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Andijon, Buxoro va Samarqand medisina institutlarni turli kurs va fakultetlarining 6 nafar studentlari ishtirok etdi. Olimpiada 4 bosqichda o’tkazildi va natijalar kompetent jyuri tomonidan xolisona baxolandi. Sinovlardan so’ng 1 o’ringa SamDMI studenti Amonov Akmal, 2 o’ringa TMA studenti Kamoliddinova Nazokat, 3 o’ringa BuxDMI studenti Orzikulova Shaxlo loyiq topildi.

Institut mehmonlari – olimpiada ishtirokchilari va ularni rahbarlari SamDMIda o’quv jarayonni tashkil etilishi bilan tanishib yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun bo’ldilar. Madaniy dastur doirasida olimpiada ishtirokchilari Samarqand sh. tarixiy va madaniy obidalari bilan tanishdilar.

«Akusherlik va ginekologiya» fani bo’yicha Respublika olimpiadasini tibbiyot OO’Yu vakillari ishtiroki bilan tashkiliy ko’mitasini yig’ilishi

Olimpiada 1 bosqichi – test imtixoni

Olimpiada 2 bosqichiyozma ish

3 va 4 bosqich – «Akusherlik va ginekologiya» fani bo’yicha muammoli masalarni va amaliy ko’nikmalarni yechimini topish

Natijalar komptetent jyuri tomonidan xolisona baxolandi va sinovlardan so’ng 3 o’ringa BuxDMI studenti Orzikulova Shaxlo

2 o’ringa TMA studenti Kamoliddinova Nazokat

... 1 o’ringa SamDMI studenti Amonov Akmal loyiq deb topildi.

Tashkiliy ko’mitaning olimpiada ishtirokchilariga esdalik sovg’alari

Institut mehmonlari olimpiada ishtirokchilari va ularni rahbarlari SamDMIda o’quv jarayonni tashkil etilishi bilan tanishib yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun bo’ldilar

SamDMI Bosh binosi oldida esdalik fotosurat

SamDMI Axborot xizmati