• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat Meditsina
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!


Балаян Эмма Владимировна

Маматалиев Абдумалик Расулович



Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили




Rossiyalik mehmonlar SamDTIda

Qo'shilgan sana: 13.04.2018

2018 yil 13 aprel kuni Samarqand Davlat tibbiyot institutiga Rossiyalik mehmonlar - «GEOTAR-Media» nashriyot guruhi bosh direktori Z.Z. Balkisov va ushbu nashriyotni mintaqaviy vakili Ye.P. Bezzubovalarning tashrifi amalga oshirildi.

 «GEOTAR-Media» taniqli rossiyalik nashriyoti tibbiy adabiyotlarni nashr qilishga ixtisoslashgan va ushbu nashriyot rahbariyatining institutimizga tashrifi SamDTI bilan qiziqishlarini dalilidir. Institutimizda boy elektron kutubxona yaratilgan va mazkur rossiyalik nashriyoti tomonidan chiqarilgan o’quv qo’llanma va monografiyalar ham shu yerda munosib o’rin egallagan.

Mehmonlar o’quv jarayonni tashkil etilganligi bilan tanishib, axborot-resurs Markazi, test Markazi, elektron kutubxona, simulyasion ta’lim Markazlariga tashrif buyurib, yaratilgan ta’lim resurslari rossiyalik oliygohlardan kam emasligini, ayrim jihatlari bilan esa ulardan ustun turganligini ta’kidladilar.

Tashrif yakunida Samarqand Davlat tibbiyot instituti va «GEOTAR-Media» nashriyot guruhi o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan SamDTI xodimlarini ilmiy potensialidan foydalangan xolda zamonaviy adabiyotlar chiqartirish bo’yicha kelishib olindi.

 

Azamat Muxitdinovich institutimiz mehmonini qutlamoqda

Rektor qabulida

Azamat Muxitdinovich mehmonlar bilan diplomdanso’ng ta’limni muhokama qilmoqda

Mehmonlar illiq qabul va institutda yaratilgan ilg’or pedagogik va axborot ta’minot bilan tanishishga yaratilgan imkoniyatlar uchun rektorga alohida minnatdorchilik bildirdilar

Azamat Muxitdinovich kabinetida esdalik fotosur’at

Mehmonlar institut axborot-resurs Markazi kutubxonasida avaylab kelinayotgan 19 asr adabiyotlarini bilan tanishmoqdalar ...

... institutni moodle.sammi.uz elektron ta’lim tizimi bilan tanishmoqdalar ...

... joriy etilgan kredit-modul tizimi bilan tanishuv.

SamDTI axborot-resurs Markazini kutuxonasida

Mehmonlar institutimizda chiqariladigan ilmiy-amaliy jurnallar bilan tanishmoqda

Institut tarixi muzeyi mehmonlarni aloxida qiziqishini uyg’otdi

Mehmonlar SamDTI 1930-1935 yy. birinchi birinchi bitiruvchilar fotoalbomi bilan tanishmoqdalar

Mehmon SamDTI simulyaion ta’lim Markazida

SamDTI Axborot xizmati