• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat Meditsina
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!




Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили




9 may - Xotira qa qadrlash Kuni bayrami bilan!

Qo'shilgan sana: 09.05.2018

Har yil 9 may kuni mamlakatimizda umumhalq bayrami Xotira va qadrlash Kuni nishonlanib kelinmoqda. Bu sohada O’zbekiston Respublikasi Prezidentini 2018 yil 16 apreldagi «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarni rag’batlantirish to’g’risida»gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. Bayram munosabati bilan urush veteranlari va front ortida mehnat qilganlarni qutlash bo’yicha turli tadbirlar uyushtirilib kelinmoqda.

Insoniyat Ikkinchi jahon urushini dahshatlari va iztiroblarini esdan chiqargan emas. Shu sababli o’tganlar xotirasini shod etish, veteranlarni e’zozlash, ular ko’rsatgan jasorat na’munalaridan o’sib kelayotgan avlod tarbiyasida foydalanish katta e’tiborga loyiq.

Urush veteranlari va front ortida mehnat qilganlarni, institutimiz xodimlari va studentlarini ajoyib bayram – “9 may–Xotira va qadrlash Kuni” bilan muborakbod etamiz. Barchaga sihat salomatlik, oilaviy saodat, musaffo va tinch osmon va barcha ezgu ishlariga omadlar tilab qolamiz!!!