• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat Meditsina
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!


Умирова Сурайё Мамуржоновна



Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили




Qozog’istonlik bolalar xirurglari SamDMIda

Qo'shilgan sana: 02.06.2018

2 iyun 2018 yil Samarqand Davlat medisina institutiga Qozog’iston Respublikasi quyidagi tarkibdagi delegasiyasining tashrifi amalga oshirildi: Armantayev Almas Kamalovich – t.f.d., prof., Qozoq Milliy medisina universiteti bolalar xirurgiyasi kafedrasini mudiri; Yerekeshov Asыljan Abubakirovich – t.f.n., Qozog’iston Respublikasi SSV bosh neonatal xirurgi; Xairov Konstantin Eduardovich – t.f.n., QR SSV Pediatriya va bolalar xirurgiyasi IM xirurgiya bo’yicha direktor muovini, O’zR SSV bosh bolalar xirurgi; Isakov Viktor Yuryevich – bolalar xirurgi, Braun Esculap Markaziy Osiyoda vakolatxonasining rahbari; Askarov Askar Serikovich – bolalar xirurgi, «Metronik» TOO Qozog’istondagi vakolatxonasining rahbari.

Delegasiya institutimiz rektori Azamat Muxitdinovich Shamsiyev tomonidan illiq qabul qilindi. Illiq do’stona muloqot davomida mamlakatlarimizni bolalar xirurglari ilmiy sohadagi hamkorligi muxokama etildi. Qozog’istonlik mehmonlar illiq qabul va Bolon jarayoni tamoyillarini talablari asosida tashqil etilgan SamDTI o’quv jarayoni bilan tanishishga berilgan imkoniyat uchun o’zlarining samimiy minnatdorchiligini bildirdilar. Tashrif davomida Qozog’istonlim bolalar xirurglari institutimizni axborot–resurs Markazida bo’ldilar, o’quv auditoriyalarda studentlarimiz bilan muloqot qildilar, elektron masofaviy ta’lim tizimida o’quv jarayonni tamoyillari bilan tanishib chiqdilar. Qozog’istonlik mehmonlar institutimizda yaratilgan ta’lim resurslariga yuqori baho berdilar.

2 iyun 2018 yil Samarqand Davlat medisina institutiga Qozog’iston Respublikasi delegasiyasini tashrifi amalga oshirildi. Delegasiya institutimiz rektori Azamat Muxitdinovich Shamsiyev tomonidan qabul qilindi.

Qozog’istonlik mehmonlar Azamat Muxitdinovichga esdalik sovg’alarni topshirdilar

Illiq do’stona muloqot davomida mamlakatlarimizni bolalar xirurglari ilmiy sohadagi hamkorligi muxokama etildi

Azamat Muxitdinovichdan mehmonlarga esdalik sovg’alar

Qozog’istonlik olimlarning delegasiyasi institut bosh korpusini xollida

Professor Armantayev Almas Kamalovich SamDTIdagi kredit-modul tizimi bilan qiziqib qoldi

O’quv auditoriyalarida mehmonlar SamDTI studentlari bilan suhbatlashmoqdalar

Qozog’istonlik mehmonlar institutni elektron kutubxonasi

kututbxnadagi yangi o’quv adabiyotlar

institutni o’quv zali

SamDTI muzeyi

simulyasion ta’lim Markazini faoliyati bilan tanishib chiqdilar.

SamDMI Axborot xizmati