• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat Meditsina
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!


Балаян Эмма Владимировна

Маматалиев Абдумалик Расулович



Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили




SamDTI Ilmiy Kengashi

Qo'shilgan sana: 06.04.2018

2018 yil 6 aprel kuni SamDTI Kichik majlislar zalida institutni navbatdagi Ilmiy Kengashi bo’lib o’tdi.

Kun tartibi:

1.  Fakultetlarni bitiruvchi kurslarida Yakuniy Davlat attestasiyaga tayyorgarlik haqida.

Ma’ruzachi: dos. N.A. Yarmuxamedova.

2. SamDTI yuqori kurslarida ta’lim sifatini monitoringi.

Ma’ruzachi: dos.Z.B. Kurbaniyazov.

3. Pediatriya fakultetini o’quv-tarbiyaviy ishlar xisoboti.

Ma’ruzachi: fakultet dekani prof. N.M. Shavazi.

4. SamDTIda 72-Halqaro talabalar va yosh olimlarni konferensiyasi va fanlar bo’yicha Respublika olimpiadasiga tayyorgarligi haqida.

Ma’ruzachi: prof. E.S. Toirov.

5. Har xil masalalar, tanlov.

 

Ilmiy Kengashni ochilayotganda institut rektori Azamat Muxitdinovich Shamsiyev anesteziologiya va reanimasiya kafedrasi professori A.U.Raximovni 70-yillik yubileyi bilan tantanali ravishda tabriklab unga faxriy yorliq, 1,5 mln. sum pul  mukofoti va qimmatbaho sovg’alarni topshirdi. Shuningdek, tantanali ravishda Kengashda dosentlik unvonlari haqidagi diplomlar 1-sonli akusherlik va ginekologiya kafedrasini xodimlari B.A. Djumanov va G.Sh. Eltazarovaga ijodiy muvaffaqiyatlar tilab topshirildi.

Kun tartibidagi birinchi masala, institut 2017/18 o’.y. bitiruvchilarini ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar bo’yicha oliy tibbiy ta’limni halqaro andozalariga binoan Yakuniy Davlat attestasiyasiga tayyorgarligi bo’yicha o’quv ishlari prorektori v.b. dos. N.A. Yarmuxamedovani ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada ta’kidlanganidek, SamDTIda bakalavriatning barcha yo’nalishlarida YaDA Step 2, magistratura yo’nalishlarida Step 3 va ECTS tegishli sertifikatini topshirish bilan birga halqaro oliy tibbiy ta’lim tajribasini inobatga olgan holda lisenziyalashgan integrasiya qilingan imtihon shaklida o’tkaziladi. 2017/18 o’quv yilida bakalavriatni 5 yo’nalishi bo’yicha 382 bitiruvchi, 74 magistratura rezidentlari Yakuniy Davlat attestasiyasini topshiradilar.

SamDTI yuqori kurslarida ta’lim sifatini monitoringi bo’yicha dos.Z.B. Kurbaniyazov  ma’ruza qildi. Chiqishda talabalarni fanlarni o’zlashtirishi sifati ularni joriy va yakuniy test nazoratida olgan ballarining muttanosibligi asosida taqqoslanib borilayotganligi, bu esa fakultetlar kafedralarida alohida fanlar bo’yicha har bir pedagogni dars berish sifati nazoratini shaffof va obyektiv tarzda nazorat qilishni ta’kinlanganligi ta’kidlandi.

Pediatriya fakultetida o’quv-ma’naviy ishlarni tashkil etilishi to’g’risida fakultet dekani professor N.M. Shavazi ma’ruza qildi. Xozirgi kunda fakultetda 939 talaba tahsil olmoqda, shulardan 150 shu o’quv yilida YaDA o’tadilar va bu borada tegishli ishlar olib borilmoqda. O’tgan sessiyani natijasi bo’yicha pediatriya fakulteti talabalarining sifat ko’rsatgichlari 79% gacha oshgan. Fakultet kafedralarida 197 professor va o’qituvchilar ishlamoqda, ilmiy darajalari borlar 41% tashkil etadilar, fakultetda ilmiy nashrlar, shu jumladan monografiyalar, o’quv qo’llanmalar va patentlar soni sezilarli oshgan.

SamDTIda 72-Halqaro talabalar va yosh olimlarni konferensiyasi va fanlar bo’yicha Respublika olimpiadasiga tayyorgarligi haqida prof. E.S. Toirovni axboroti tinglandi. Ma’ruzada 2016-2017 o’quv yilida institut talabalari muvaffaq bo’ldilar: Birinchi Prezident I.A. Karimov nomdor stipendiyasi – davolash fakultetini talabasi Jurayeva Fariza, O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi stipendiyasi – davolash fakulteti talabasi Suyarova Zilola, Ibn Sino nomdor stipendiyasi – tibbiy-pedagogika fakulteti talabasi Kadirova Farzona, O’zbekiston vrachlar Assosiasiya stipendiyasi - Safarova Saodat va davolash fakulteti talabasi Turobov Bobojonlar olishga muvaffaq bo’ldilar.

Ilmiy Kengashda bo’lib o’tgan tanlov natijasiga ko’ra 1-son pediatriya kafedrasini mudiri lavozimiga professor N.M. Shavazi, rus, o’zbek tillari, pedagogika-psixologiya kafedrasi mudiri lavozimiga dosent U.D. Karshibayeva, ijtimoiy salomatlik, umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi dosenti lavozimiga Z.Z. Aminov, fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi dosenti lavozimiga t.f.d. G.U. Samiyevalar saylandilar.

Institut rektori professor A.M. Shamsiyev saylanganlarni illiq tabriklab ularga yangi ijodiy yutuqlar tilab qoldi.

 

Azamat Muxitdinovich Ilmiy Kengashni ochmoqda

  

Ilmiy Kengashda tantanali ravishda dosentlik unvonlari haqidagi diplomlar 1-sonli akusherlik va ginekologiya kafedrasini xodimlari B.A. Djumanov ...

 

... va G.Sh. Eltazarovaga ijodiy muvaffaqiyatlar tilab topshirildi.

 

 

Ilmiy Kengashni ochilayotganda institut rektori Azamat Muxitdinovich Shamsiyev

anesteziologiya va reanimasiya kafedrasi professori A.U.Raximovni 70-yillik yubileyi bilan

tantanali ravishda tabriklab unga faxriy yorliq, 1,5 mln. sum pul  mukofoti va qimmatbaho sovg’alarni topshirdi

 

 

 

 

Pediatriya fakultetida o’quv-ma’naviy ishlarni tashkil etilishi to’g’risida fakultet dekani professor N.M. Shavazi ma’ruza qildi

 

 

Institut 2017/18 o’.y. bitiruvchilarini ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar bo’yicha oliy tibbiy ta’limni halqaro andozalariga binoan Yakuniy Davlat attestasiyasiga tayyorgarligi bo’yicha o’quv ishlari prorektori v.b. dos. N.A. Yarmuxamedovani ma’ruzasi tinglandi

 

 

 

SamDTI yuqori kurslarida ta’lim sifatini monitoringi to’g’risida dos. Z.B. Kurbaniyazov ma’ruza qildi

 


 

SamDTIda 72-Halqaro talabalar va yosh olimlarni konferensiyasi va fanlar bo’yicha Respublika olimpiadasiga tayyorgarligi haqida prof. E.S. Toirov chiqish qildi

 


 

Ilmiy Kengashda bo’lib o’tgan tanlov natijasiga ko’ra 1-son pediatriya kafedrasini mudiri lavozimiga professor N.M. Shavazi ...

 

... rus, o’zbek tillari, pedagogika-psixologiya kafedrasi mudiri lavozimiga dosent U.D. Karshibayeva ...

 

... ijtimoiy salomatlik, umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi dosenti lavozimiga Z.Z. Aminov ...

 

... fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi dosenti lavozimiga t.f.d. G.U. Samiyevalar saylandilar.

 


 


 


 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

SamDTI Axborot xizmati