Harbiy Qasamyod – konstitutsiyaviy burch
Harbiy Qasamyod – konstitutsiyaviy burch
2018 yil 18 iyundan 2 iyulgacha Samarqand Davlat tibbiyot instituti harbiy kafedrasida tahsil olayotgan 5 kurs studentlarining harbiy yig‘ini o‘tkazildi. O‘quv yig‘inlari yakuni bo‘yicha harbiy kafedrada tahsil olayotgan kursantlar Davlat Attestatsiyasini topshirdilar.
Davlat Attestatsiyasini yaxshi va a’lo baholarga topshirgan kursantlar Vatanni himoya qilish yo‘lidagi ahloqiy-ruhiy tayyorgarligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga faxr va iftixor tuyg‘usi, kursantlarda harbiy burchni bajarish hislari hamda Harbiy Qasamyod qabul qilish bo‘yicha harbiy an’analarni davom ettirish maqsadida institut harbiy kafedrasida 2018 yil 1 iyulь kuni Harbiy Qasamyod qabul qildilar. Harbiy Qasamyodga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tibbiy ta’minot boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i tibbiy xizmat podpolkovnigi Xalimov B., institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori dotsent Isakov A.M., harbiy kafedra sobiq boshlig‘i, tibbiy xizmat podpolkovnigi Hayatov B., mehnat faxriylari va studentlarni ota-onalari qatnashdilar
Harbiy Qasamyodga bag‘ishlangan tantanali marosimda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori dotsent Isakov A.M., harbiy kafedra boshlig‘i tibbiy xizmat polkovnigi Eshkuvatov K.R., kursant J. Nematullaevni bobosi, kursant D.D. Esanova va harbiy kafedra sobiq boshlig‘i tibbiy xizmat podpolkovnigi B. Hayatovlar tabrik so‘ziga chiqib, Harbiy Qasamyod qabul qilgan kursantlarni tabriklab va quvonchlariga quvonch qo‘shib keyingi o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tiladilar
A’lo baholarga Davlat Attestatsiyasini topshirgan kursantlarga harbiy kafedramiz boshlig‘i tibbiy xizmat polkovnigi Eshkuvatov K.R. tomonidan fahriy yorliqlar topshirildi minnatdorchilik bildirildi.
Tantanali marosimdan fotoreportaj
Tantanali marosimdan fotoreportaj
Tantanali marosimdan fotoreportaj
Tantanali marosimdan fotoreportaj
SamDTI Matbuot xizmati