• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat tibbiyot
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!



23 IyunМамадиярова Дилфуза Умирзоковна
24 IyunГарифулина Лиля Маратовна
25 IyunИсраилова Сохиба Бурибаевна
26 IyunИсмаилов Азиз Хасанович
27 IyunТухтаев Жамшед Кодирқул ўғли
Саинаев Фаррух Караматович
Каршибаева Улжан Давировна
28 IyunСанакулов Абдулатиф Бурхонович
29 IyunМахмудова Азиза Нугмановна
30 IyunИндиаминов Саид
Мадашева Анажон Газхановна
Насретдинова Махзуна Тахсиновна

Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили



Shamsiev Azamat Muxitdinovich
Institut rektori
Tibbiyot fanlari doktori, professor

Institut rektori,professor Azamat Muxitdinovich SHamsiev O’zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatining Xatirchi tumanida to’g’ilgan. Toshkent Davlat pediatriya institutini 1968 yilda bitirgandan so’ng, 1970-1973 yy. – maqsadli aspirant, 1973-1976 yy. — assistent, 1977-1980 yy. — vrach-ordinator, 1980-1983 yy. – doktorant. Bolalar xirurgiyasi sohasi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini (Rostov na Donu sh., 1973) yoqlagandan so’ng  Butunittifoq Pediatriya ilmiy-tekshirish institutining Ixtisoslashgan Kengashida «Bolalarda o’tkir destruktiv pnevmoniyani davolash» (Moskva sh., 1983) mavzuida doktorlik dissertatsiyani ximoya qilgan. 1985 yildan SamDTI Bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri. 1987 yilda unga professor ilmiy unvoni berilgan.

A.M. SHamsiev Samarqand shaxrida, sog’liqni saqlash tizimi uchun ko’plab mutaxassislar yetishib chiqargan Bolalar xirurgiyasi Ilmiy Markazini tashkil etgan va boshqargan. Xozirgi kunda ushbu Markazda Samarqand viloyati va qo’shni beshta viloyat yosh aholisiga malakali tibbiy yordam beriladi. Professor A.M.SHamsiev tomonidan tibbiyotda murakkab hisoblangan  yurak hastaligi, 12-barmoqli ichakning yazva kasalligi, bronxoektaziya, siydik pufagi tizimi organlari, oshqozon ichak yo’li, tayanch-xarakat tizimi, qorin-ko’krak bo’shlig’ida xirurgik operatsiyalar o’tkazilmoqda. Samarqand xududida birinchi marotaba yurakga operatsiya qilingan, bronxoskopiya va bronxografiyadan foydalangan. Uning rahbarligida  Markaz amaliyotida diagnostikaning endoskopik usullari va siydik tizimi qorin organalarini davolash tadbiq etilgan. Har tomonlama olim, taniqli klinitsist, mohir xirurg va iste’dodli pedagog sifatida professor A.M.SHamsiev o’zining bolalar xirurgiyasi ilmiy maktabini yaratgan.

Professor A.M. SHamsievning faoliyati serqirrali. O’zi va shogirdlari doimiy ravishda xorijda (jumladan, Avstriya, SHveytsariya, GFR, CHexiya, RF, Kozog’iston va boshqa davlatlar) o’tkaziladigan xalqaro simpozium, konferentsiya va s’ezdarda faol ishtiroq etib kelmoqdalar. SHamsiev A.M. 800 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 10 monografiya, 2 darslik, 2 talabalar uchun ma’ruzalar to’plami, 117 metodik tavsiyanoma, 44 ratsionalizatorlik taklif, 45 rasmiylashtirgan ixtiro muallifi. Olim tibbiyot oliygohlari uchun o’zbek tilida «Bolalar xirurgiyasi» darsligini, rus tilida «Xirurgicheskie bolezni detskogo vozrasta», «Ambulatornaya xirurgiya u detey» va «Malaya xirurgiya detskogo vozrasta» darsliklarini, rossiyalik olimlar bilan hamkorlikda – «Lektsii po detskoy xirurgii», «Standarti diagnostiki i algoritmi prakticheskix navikov v detskoy xirurgii» o’quv qo’llanmalarini va «Izbrannie voprosi xirurgii detskogo vozrasta» ma’ruzalar to’plamini chop ettirgan. Uning bevosita rahbarligida 20 kishi fan nomzodi va 5 fan doktori yetishib chiqqan. Olimning ilmiy ishlari abdominal va ko’krak xirurgiyasi, bolalar urologiyasi rivojlanishida jiddiy ta’sir etgan.

Professor A.M.SHamsiev 2008 va 2010 yillarda  Grats (Avstriya) tibbiyot oliygohida bolalar xirurgiyasi va interventsional radiologiya bo’yicha tajriba almashtirgan. Samarqand va Grats shahrining oliygohlari o’rtasida do’stlik aloqalarini rivojlantirishi uchun Grats Tibbiyot universitetining faxriy professori unvoniga sazovor bo’lgan.

A.M.SHamsiev Nyu-York Fanlar akademiyasining, Rossiya bolalar xirurglari Assotsiatsiyasining, Yevropa bolalar xirurglari Assotsiatsiyasining, Buyuk Britaniya sog’liqni saqlash Assotsiatsiyasining haqiqiy a’zosi, akademik V.Voxidov nomidagi Respublika Ixtisoslashgan xirurgiya Markazi qoshidagi Birlashgan ixtisoslashgan Kengashning a’zosi.

Olim – «Biologiya va tibbiyot muammolari» (Samarqand) jurnalining bosh muharriri, «Detskaya xirurgiya» (Rossiya), «Rossiyskiy vestnik detskoy xirurgii, anesteziologii i reanimatologii» (Rossiya), «O’zbekiston tibbiyot jurnali», «Pediatriya», «O’zbekiston xirurgiyasi», «Jurnal teoreticheskoy i klinicheskoy meditsini», «Infektsiya, immunitet i farmakologiya», «Vestnik vracha» va boshqa jurnallarining tahririyat a’zosi.

Professor A.M.SHamsiev 2005 yilda SamDTI rektori lavozimiga tayinlangan va shu yili uning tashabbusi bilan institutda birinchi bor oliy hamshiralik ishi, 2009 yilda stomatologiya ishi fakultetlari ochilgan.

Institutga rahbarlik bilan birga, A.M.SHamsiev viloyatda ayollar reproduktiv salomatligini mustahkamlash va sog’lom bolalarni dunyoga kelishi bilan bog’lik ishlarni monitoringi va doimiy nazorat qilish dasturining muallifi.

Institutda tashkil etilgan Axborot resurs markazi (ARM) fondida 300 000 ortiq o’quv nashrlar saqlanmoqda, eng yangi o’quv adabiyotlarni elektronn versiyalari bilan ta’minlangan zamonaviy kutubxona mavjud. SHu bilan bir qatorda, eng zamonaviy axborot va video tizimlari bilan jixozlangan, o’quv animatsion filmlar, prezentatsiyalar, darsliklarini elektronn variantini yaratishga mo’lajjangan multimediya studiyasi tashkillashtirgan

Talabalar ilmiy jamiyatining a’zolari domiy ravishda bolalar xirurgiyasidan RF turli shaxarlarida o’tkazidadigan Halqaro ilmiy anjumanlarda qatnashib kelmoqdalar. Institutning ilmiy aloqalari kengayib, Grats (Avstriya) shaxrining tibbiyot universiteti, Rossiya Davlat tibbiyot universiteti (Moskva sh.), Sofiya tibbiyot universiteti (Bolgariya), Yekaterinburg tibbiyot akademiyasi (RF), Ijevsk Davlat tibbiyot universiteti bilan xamkorlik to’g’risidagi bitimlar imzolangan. Professor A.M.SHamsiev rektorlik davrida institutning o’quv, moddiy-texnik va ilmiy ta’minoti mustahlamlanib, uning mavqei ko’tarilib O’zbekiston Respublikasining yetakchi oliygohlarining biriga aylangan.

 

O’zining xizmatlari uchun, professor A.M.SHamsiev «Sog’lom avlod uchun» 2 darajali ordeni, akademik A.V. Vishnevskiy medali, «Sog’liqni saqlash a’lochisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.