Samarqand Davlat tibbiyot instituti
  • Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat tibbiyot
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!


Рахматова Сунбула
17 AvgustАхмедов Юсуфжон Маҳмудович
18 AvgustЭгамова Малика Турсуновна
21 AvgustНормуратов Азиз Нормуратович
22 AvgustЗакирьяева Парвина Одыловна
Рахимова Шафоат Хакимовна
Исмоилова Нодира Абдурахмоновна
23 AvgustФайзуллаева Хилола Бахроновна
26 AvgustЮлдошев Форрух Шокирович
27 AvgustГайбиев Акмалжон Ахмаджонович
Каримова Мавлюда Нематовна
28 AvgustГаниев Фахриддин Истамкулович
Исматов Фаррух Аслиддинович
29 AvgustХамраев Хамза Хамидуллаевич
Назаров Феруз Юсуфович
Мажидов Шерзод Фархадович
30 AvgustАбдуллаева Дилором Насимовна
Клеблеева Гузал Давлатовна
Муртазаева Насиба Комилжоновна

Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили



Samarqand Davlat tibbiyot instituti Markaziy Osiyoda eng ko’hna tibbiy oliygohlardan biri hisoblanadi. Institut dunyoga dovrug’i tarqalgan va asrlar davomida ilmu ma’rifat markazi bo’lib kelgan Samarqand shahrida joylashgan.

Samarqand Davlat tibbiyot institutining tarixi uzoq 1930 yilning may oyida boshlanadi, o’sha yilning 7 may oyida O’zbekiston Xalq Komissarlarin Kengashining №80 Qaroriga binoan O’zbek Davlat tibbiyot institutiga asos solingan.

Institut hozirgi kunga qadar 40 mingdan ziyod malakali shifokorlarni tayyorlab bergan.

Hozirgi kunda mazkur OTMda 6 fakultet faoliyat yuritadi:

Davolash fakulteti (1930 y.),

Pediatriya fakulteti (1963 y.),

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (1981 y.),

Tibbiy pedagogika fakulteti (2005 y.),

Oliy hamshiralik ishi fakulteti (2005 y.),

Stomatologiya fakulteti (2009 y.),

Tibbiyot kollejlari raxbar va pedagoglarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (2013 y.).

Institutning 66-ta kafedra va kurslarida 513 ortiq malakali pedagoglar, jumladan 58 fan doktori, shulardan 42 professor, va 177 fan nomzodlari, shulardan 111 dotsent, faoliyat yuritadi.

Xozirgi kunda institutning beshta fakultetida 3000 ortiq talabalar o’qimoqda. Magistraturaning 400 ziyod rezidentlari 25 ixtisoslik bo’yicha, 270 klinik ordinator 35 ixtisoslik bo’yicha tahsil olmoqda, har yili 2500 ziyod talabalar o’z malakalarini oshiradidar.  Institut faoliyati davomida e’tibor va ustuvor yo’nalishlar vaqti bilan o’zgargan bo’lsa ham, lekin asosiy maqsadi va vazifalari, ya’ni: yuqori malakali tibbiyot sohasida muttaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish, davlatimiz va xorijiy davlatlarning OTM va yetakchi ilmiy markazlar bilan xamkorlik qilish an’ana sifatida davom etib qolmoqda. Barcha bu ishlar, avvalam bor, amaliy sog’liqni saqlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, tibbiyot fani, tibbiy ta’limning innovatsion shakllarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Zamon bilan hamnafas bo’lib, institut jamoasi mamlakatimiz ta’lim va sog’liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va o’zgarishlarning barcha talablarga javob beradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kadrlar tayyorlash milliy dastur to’risida», «O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini isloqh etish Davlat dasturi to’g’risida», «Sog’lom avlod to’g’risida»  Farmonlarida ko’rsatilgandek, ta’lim mutaxassisga malakaviy kompetentlikni zarur darajasini, uning ish hayoti davomida, saqlab qolish imkonini beradi.

Talaba yoshlar tanlangan mutaxassislikni sirlarini tushunishi uchun, pedagogik jamoa uchun kelajak avlod muttaxassislarni sifatli o’qitish uchun barcha sharoitlar muxayyo qilingan.

Ha, bugungi yoshlar qiziquvchan va davlatimiz rahbari Islom Karimovning mehri va diqqatiga loiqdir. SHubhasiz, farzandlarimiz bizdan ko’ra dono, kuchli va baxtli bo’lishi kerak.

Institut tarixida 2005 yildan yangi bir davr boshlandi. CHunki ta’lim jarayonini sifatini va professor-o’qituvchilar jamoasi ilmiy faoliyatiga tegishli sharoit yaratish zarur edi.

Talabalar mehnatini samarali qilish uchun institutda eng yangi axborot texnologiyalari, multimedia proektor, video va audio tizimlari bilan jihozlangan ma’ruza va o’quv xonalari, ta’lim va klinik laboratoriyalari mavjud, masofadan o’rganish tizimi tadbiq etilgan.

Bu ishlar albatta mashg’ulotlarni yuksak zamonaviy, barcha xalqaro ta’lim standartlariga javob beradigan darajada o’tishga imkoniyat yaratadi.

Institutning ARM (Axborot resurs markazi) da 300000 ortiq nomdagi nashrlar saqlanishi o’ziga aloxida e’tiborni jalb etadi. Bular o’quv, uslubiy, ilmiy adabiyotlar, shuningdek, fanlar bo’yicha o’quv qo’llanmalar. ARM o’zining elektron kutubxonasiga ega, va unga har bir talabaga, doktorant, yosh o’qituvchilar, dotsent-professorlar kirib, zamonadan qolishmaslik uchun, foydalanish huquqiga ega.

Ta’lim jarayoni sifatini yaxshilash omillaridan biri bu zamonaviy axborot baza tizimi bilan jihozlangan Innovatsion pedagogik texnologiyalar markazining tashkil etilishi. Tashkillashtirgan Axborot texnologiyalari markazi orqali eng so’nggi ma’lumotlardan foydalanish imkoni yaratilgan. ATM Internet tarmog’iga ulangan 14 kompyuter auditoriyalar va lingafon kabinetlardan iborat va lokal server orqali institutning elektron kutubxonasiga ulangan. Bu talabalarga xalqaro ta’lim standartlari doirasida professional bilimlarni olishga imkoniyat beradi.

SamDTI qoshida 375 ta yotoqga mo’ljallangan klinika, 200 ta yotoqga muljallangan bolalar xirurgiyasi Ilmiy markazi bor, ular zarur va zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Bundan tashqari,  Samarqand shahrida va atrofida joylashgan barcha davolash-diagnostika muassasalari institut talabalarining klinik bazasi hisoblanadi.

Samarqand Davlat tibbiyot instituti Fan va Texnologiyalar Ko’mitasi grantlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining fundamental tadqiqotlari doirasida faol qatnashadi, hamda chet ellik sheriklar bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi. AQSH, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gollandiya, Ispaniya, Rossiya, Ukraina, Qozog’iston va Qirg’izistonning halqaro va o’quv tashkilotlari bilan muvafaqqiyatli hamkorlik yo’lga qo’yilgan. SamDTIning bitiruvchilari O’zbekistonda va chet elda, - AQSH, Isroil, Germaniya, Rossiyada samarali mehnat qilmoqda.

Institut jamoasi tibbiy ta’lim va ilm-fan rivojida yangi ufqlarini aniq tasavvuri bilan farq qiladi. Mustaqillik yillarida, mintaqamizning eng eski tibbiy OTMdagi ijobiy o’zgarishlar, uni mamlakatimizning nufuzli muassasalari qatoriga qo’shdi. Bu esa, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lidan faoliyat yuritayotgan Samarqand Davlat tibbiyot institutining nufuzini yanada oshirish uchun kuchli turtki bo’lmoqda.