• Русский
  • O'zbekcha
  • English

Samarqand
Davlat Meditsina
instituti

Interaktiv xizmatlar

Tug'ilgan Kun Muborak Bo'lsin!




Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили



SAMARQAND DAVLAT MEDITSINA INSTITUTIGA O`QISHGA MARHAMAT!

 

Samarqand Davlat tibbiyot instituti – Markaziy Osiyoda eng ko‘hna tibbiy oliygohlardan biri hisoblanadi. Institut dunyoga dovrug‘i tarqalgan va asrlar davomida ilmu ma’rifat markazi bo‘lib kelgan Samarqand shahrida joylashgan.

Samarqand Davlat tibbiyot instituti 1930 yilning 7 may oyida O‘zbekiston Xalq Komissarlari Kengashining 80-sonli Qaroriga binoan O‘zbek Davlat tibbiyot instituti sifatida tashkil etilgan.

Institut hozirgi kunga qadar 40 mingdan ziyod malakali shifokorlarni tayyorlab bergan.

Hozirgi kunda oliygohda ta’lim 6 fakultet va bakalavriatni 8-yo‘nalishi olib borilmoqda:

     • Davolash fakulteti (1930 y.),

     • Pediatriya fakulteti (1963 y.),

     • Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (1981 y.),

     • Tibbiy pedagogika fakulteti (2005 y.),

     • Oliy hamshiralik ishi fakulteti (2005 y.),

     • Stomatologiya fakulteti (2009 y.),

     • Tibbiyot kollejlari raxbar va pedagoglarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (2013 y.),

     • Tibbiy-profilaktika fakulteti (2016 y.),

     • "Farmatsiya" yo‘nalishi (2018 y.),

     • "Tibbiy-biologiya ishi" (2018 y.)

Institutning 66-ta kafedra va kurslarida 513 ortiq malakali pedagoglar, jumladan 58 fan doktori, shulardan 42 professor, va 177 fan nomzodlari, shulardan 111 dotsent, faoliyat yuritadi.

Xozirgi kunda institutda 3000 ortiq studentlar, 400 ziyod magistratura rezidentlari 24 ixtisoslik bo‘yicha, 269 klinik ordinator 29 ixtisoslik bo‘yicha tahsil olmoqda, har yili 2500 ziyod vrachlar o‘z malakalarini oshiradidar. Institut faoliyati davomida e’tibor va ustuvor yo‘nalishlar vaqti bilan o‘zgargan bo‘lsa ham, lekin asosiy maqsadi va vazifalari, ya’ni: yuqori malakali tibbiyot sohasida muttaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish, davlatimiz va xorijiy davlatlarning OTM va etakchi ilmiy markazlar bilan xamkorlik qilish an’ana sifatida davom etib qolmoqda. Barcha bu ishlar, avvalam bor, amaliy sog‘liqni saqlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, tibbiyot fani, tibbiy ta’limning innovatsion shakllarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Institut jamoasi zamon bilan hamnafas bo‘lib mamlakatimiz ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarning barcha talablarga javob berib kelmoqda.

Institut tarixida 2005 yildan yangi bir davr boshlandi. Chunki ta’lim jarayonini sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilar jamoasi ilmiy faoliyatiga tegishli sharoit yaratish zarur edi.

Studentlar mehnatini samarali qilish, ular tomonidan sifatli ta’lim olish uchun institutda eng yangi axborot texnologiyalari, multimedia proektorlari, video va audio tizimlari bilan jihozlangan ma’ruza va o‘quv xonalari, ta’lim va klinik laboratoriyalari mavjud, masofadan o‘rganish tizimi tadbiq etilgan.

Shubhasiz, bu ishlar mashg‘ulotlarni zamonaviy, yuksak, barcha xalqaro ta’lim standartlariga javob beradigan darajada o‘tishga imkoniyat yaratadi.

Aloxida e’tiborni institutning ARM (Axborot-resurs markazi)da 300000 ortiq nomdagi nashrlar saqlanishi o‘ziga jalb etadi. Bular o‘quv, uslubiy, ilmiy adabiyotlar, shuningdek, fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar. ARM o‘zining elektron kutubxonasiga ega, va unga har bir student, doktorant, yosh o‘qituvchilar, dotsent-professorlar kirib, davr talablaridan qolmaslik uchun foydalanish huquqiga ega. 

Ta’lim jarayoni sifatini yaxshilash omillaridan biri bu zamonaviy axborot baza tizimi bilan jihozlangan Innovatsion pedagogik texnologiyalar markazining tashkil etilishi. Faoliyat yuritayotgan Axborot texnologiyalar Markazi orqali eng so‘nggi ma’lumotlardan foydalanish imkoni yaratilgan. ATM Internet tarmog‘iga ulangan 14 kompyuter auditoriyalar va lingafon kabinetlardan iborat va lokal server orqali institutning elektron kutubxonasiga ulangan. Bu studentlarga Xalqaro ta’lim standarti doirasida professional bilimlarni olishga imkoniyat beradi.

SamDTIda 375 ta o‘ringa mo‘ljallangan 1-son klinika, 200 ta yotoqga muljallangan 2-son klinikasi mavjud, ular kerakli va zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, Samarqand shahri va uning atrofida joylashgan barcha davolash-diagnostika muassasalari institut studentlarining klinik bazasi hisoblanadi.

Samarqand Davlat tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar Ko‘mitasi grantlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining fundamental tadqiqotlari doirasida ishtiroq etib chet ellik tadqiqat va ta’lim muassasalari bilan ham yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. AQSh, Germaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Gollandiya, Ispaniya, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning halqaro va ta’lim tashkilotlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. SamDTIning bitiruvchilari O‘zbekistonda va chet elda, ju jumladan - AQSh, Isroil, Germaniya, Rossiyada samarali mehnat qilmoqdalar.

Institut jamoasi tibbiy ta’lim va ilm-fan rivoji yangi ufqlarini aniq tasavvuri bilan farqlanadi. Mustaqillik yillarida mintaqamizning eng qadimiy tibbiy OTMdagi ijobiy o‘zgarishlar uni mamlakatimizning nufuzli muassasalari qatoriga qo‘shdi. Bu esa yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash kabi muhim ishda faoliyat ko‘rsatayotgan Samarqand Davlat tibbiyot instituti nufuzini yanada oshirish uchun kuchli turtki bo‘lmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

<